Hozirgi davrda fuqarolarimiz o`rtasida avtokreditlarga qiziqish va uni sotib olishga bo`lgan talab yildan yilga o`sib bormoqda. Banklarning asosiy maxsulotlaridan biri bu avtokreditlar.
Avtokreditlarni fuqarolar foydalanishi uchun soddalashtirish asosiy vazifalardan biridir.
Saderatbankda 2 ta avtokreditlar bo`yicha maxsulotlar bor. Jumladan Avto 3yil va Avto 4yil. Bu avto kreditlar 25%-30% oldindan to`lovlarni amalga oshirish orqali fuqarolarga beriladi. Kreditlarning yillik foizi 23%-25% larni tashkil qiladi. Kerakli bo`ladigan hujjatlar bu pasport va yillik ish haqqidan ma`lumotnoma. Kreditlarning asosiy shartlaridan biri bu fuqaroning doimiy ish haqqisi mavjudligi. Bundan tashqari kredit ajratilishida fuqarolarning kredit tarixi va qarzdorliklarining xajmiga ham e`tibor beriladi. Fuqarolar o`rtasida ko`p uchraydigan savol - yillik ish haqqi yetmasa nima qilinadi? Bunday holda fuqarolar tomonidan dastlabki to`lovni ko`proq to`lash orqali kreditlar ajratiladi. Yani 30% emas 40%- 50% qilib to`lanadi.
Fuqarolarning to`lov qobiliyati qanday aniqlanadi ? Yillik ish haqqining o`rtachasi olinadi va oylik kredit to`loviga solishtiriladi. Agar oylik maosh kretit to`lovidan minimum 1.6 barobar katta bo`lsa ushbu kreditga ijobiy xulosa beriladi. Ariza jo`natish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish uchun +998911353425 telegram va instagram, facebookdagi profillarimizdan foydalanishingiz mumkin. Pasport va oylik maosh ma`lumotnomasini jo`natish orqali elektron ariza qoldirish mumkin. Fuqarolarimiz ariza qoldirishdan oldin muddati o`tgan qarzdorliklarini yopish va boshqa qarzdorliklari bo`lmasligi kelajakda arizaning ijobiy xulosasiga asos bo`ladi. Quyida 2 ta jadval orqali talab kotta avtomashinalar bo`yicha ma`lumotlar taqdim qilindi. Ushbu jadvaldagi to`lovlar summasi avtomobil yetkazib berish bo`yicha shartnoma muddatiga qarab o`zgarishi mumkin!